29/11/2022

Joriy yilning 1- noyabr holatiga viloyatda 189 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.

Eng ko‘p xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar:

 iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra sanoat (62 ta), savdo (42 ta), qurilish (23 ta) va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohalarida (21 ta),

hududlar  bo‘yicha Urganch shahri (69 ta), Urganch tumani (20 ta) va Xiva shahrida (17 ta)  faoliyat yuritgan.

 Davlatlar kesimida  Turkiya (50 ta), Rossiya Federatsiyasi (46 ta) va Turkmaniston (26 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati