Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Milliy matbuot markazida O‘zbekistonda o‘tkazilgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida 40 % ayollar tug‘ruqdan so‘ng bir soat ichida farzandini ko‘krak suti bilan oziqlantirgani ta’kidlandi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra:
— har 4 chaqaloqdan faqat bittasi (25 %) 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlangan;
— 21 % tug‘ruqlar kesarevo jarrohlik amaliyoti yordamida amalga oshirilgan;
— 5 yoshgacha bo‘lgan 7 % bolalarning bo‘yi o‘sishdan ortda qolgan. Bu ko‘rsatkich 2006- yilgi kuzatuv natijalariga (14,6 %) nisbatan 2 barobarga pasaygan;
— kuzatuv o‘tkazilgan uy xo‘jaliklarida bolalarning 3 %i biologik ota-onalari bilan yashamaydi;
— ortiqcha vazn 5 yoshgacha bolalarning 5 %ida (o‘g‘il bolalar 5 %, qiz bolalar 4 %) kuzatilmoqda. 2006- yilda o‘tkazilgan MICS kuzatuvida bu ko‘rsatkich 7 %ni tashkil etgan.
- 5 yoshga to‘lmasdan vafot etish ko‘rsatkichi har 1000 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 25 tani tashkil etmoqda.
Bu 2006- yilda o‘tkazilgan MICS natijalarida 57 nafarni tashkil etgan.
Matbuot xizmati