Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 344,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 16,0 %ni tashkil etgan.
Taqqoslash uchun: 2021- yilning shu davriga kichik biznesning sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 23,8 %ga teng bo‘lgani holda, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2 065,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati