2022- yilning 9 oyi yakunlarida Xiva tumanida viloyat bo‘yicha eng ko‘p, ya’ni 2 605,9 tonna baliq ovlangan bo‘lib, umumiy mahsulot hajmida tumanning ulushi 18,7 %ga teng bo‘lgan.
O‘tgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda, tumanda ovlangan baliq hajmi 58,0 %ga oshgan.
Xiva tumanida hisobot davrida jami hajmi 1 349,9 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Axborot xizmati