Xorazm viloyatida shu yilning 10 oyi yakunlarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sohasida, 2021- yilning yanvar-oktabr oylari bilan taqqoslaganda, hajmning 23,0 %ga o‘sishi qayd etilgan.
Bu umumiy xizmatlar tarkibida moliyaviy xizmatlar (24,7%)dan keyingi yuqori ko‘rsatkichdir.
Hisobot davrida viloyatimizda hajmi 425,2 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan.
2022- yilning 1- noyabr holatiga sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 398 taga yetgan.
Axborot xizmati