Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatda sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmining o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,5 %ni tashkil etdi.
Ishlab chiqarish tarkibidagi faoliyat turlari hajmining 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan o‘zgarish ko‘rsatkichlari:
ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida – 12,4 % ga o‘sish,
elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatida – 74,1 % ga o‘sish,
tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida – 90,9 % ga kamayish,
suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimida - 2,3 % ga kamayish.
Axborot xizmati