22/11/2022

Xorazm viloyatida statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar- oktabr oylariga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  1 937,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,1 %).

Bu ko‘rsatkich jami qurilish ishlari hajmining 49,5 %iga to‘g‘ri kelgan va 2021- yilning yanvar- oktabr oylaridagi ko‘rsatkichiga nisbatan 0,1 foizga kamaygan.

 

Axborot xizmati