17/11/2022

Joriy yilning 15-16- noyabr kunlari viloyatimizning  narx kuzatuvlari dislokatsiyasiga kirgan bir qator hududlarida istemol mahsulotlari narx indeksi kuzatuvlari o'tkazildi.

Tanlanma kuzatuvlarda Davlat statistika qo‘mitasi Narx statistikasi boshqarmasi boshlig'i M.T.Umarov, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b.  A.O‘tamuratov, Narx statistikasi bo'limi boshlig'i  Sh.Babadjanov  va  narx kuzatuvlari registratorlari ishtirok etishdi.

Mutaxassislar tomonidan “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvlarida narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi  o‘rganildi,  kuzatuv ishlarini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan hududiy statistika bo‘limi narx registratorlariga tushuntirish, tavsiya va yo'l-yo'riqlar berildi.

 

 

Axborot xizmati