Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 15- noyabr holatiga doimiy aholi soni 35,9 mln kishini tashkil etgan.
Shundan:
Erkaklar – 18,1 mln kishi
Ayollar – 17,8 mln kishi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 15- noyabr holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 8034,3 mln kishini tashkil etgan.
Erkaklar – 50,5 %
Ayollar – 49,5 %
O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 41- o‘rinda qayd etilgan.
Matbuot xizmati