11/11/2022

Bugun, 11- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot tadbiri doirasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasining sohaga oid “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi (2021- yil 12- avgust) 707-sonli hamda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi (2020- yil 16- mart) 611- sonli Qonunlarida belgilangan chora-madirlarni amalga oshirishda statistika idoralari zimmasiga yuklatilgan vazifalar, ularni ijro qilish mexanizmlari xususida bosh yuriskonsult I.Otajonov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.

 

Seminarda hududiy boshqarma rahbariyati, tarmoq va hududiy bo‘limlarning boshliqlari ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati