Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar– sentabr oylarida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi o‘rtacha 4 638,5 ming so‘mni (2021- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 11,0 %ga oshgan) tashkil qildi.
Hududlar kesimida solishtirilganda, aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasida yuqori hajmlar Urganch shahri (23 170,7 ming so‘m), Gurlan (4 642,4 ming so‘m) va Hazorasp (4 452,6 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati