Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga qiymati 68,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 76,7 ming tonna shaftoli eksport qilgan
Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,3 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p shaftoli eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 64,6 ming tonna
Qirg‘iz R. – 6,4 ming tonna
Qozog‘iston – 4,8 ming tonna
Turkmaniston – 471 tonna
Belarus – 261 tonna
2022- yilning 9 oyida xorijga eng ko‘p shaftoli eksport qilgan hududlar:
— Farg‘ona viloyati – 43,6 ming tonna
— Samarqand viloyati – 6,3 ming tonna
— Toshkent viloyati – 6,1 ming tonna
— Xorazm viloyati – 5,7 ming tonna
Matbuot xizmati