Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 7- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmada kadrlar bilan ishlarning yo‘lga qo‘yilganligi va moliyaviy holatni o‘rganuvchi ishchi guruhi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.O‘tamuratov olib bordi.
Qo‘mitaning Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Z. Talipova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14- oktabrdagi 595-sonli “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va shu asosda tasdiqlangan “ Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalari”ga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, kasbiy madaniyat, xizmat faoliyati va xizmatdan tashqari vaqtda fuqarolik xizmatchisining odob-axloqi kabi muhim tartiblari fuqarolik xizmatchisining maqomini belgilab berishiga e’tibor qaratildi.
Qo‘mitaning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i J. Shirinov tizimda xodimlarga ish haqi, shaxsiy ustama va mukofot pullari to‘lash tartibi, xizmat safari uchun to‘lovlar bo‘yicha amalga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish berdi.
Shuningdek, yig‘ilishda alohida tarzda xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni yuzasidan suhbatlashildi. Qo‘mitaning Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, xotin-qizlar tashkiloti raisi Z. Talipova tomonidan hududiy boshqarmada tashkil etilgan boshlang‘ich tashkiloti tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilashga e’tibor qaratish, ular o‘rtasida sport musobaqalari, ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot raisi N.To‘raevaga tavsiya va takliflar bildirildi.
Axborot xizmati