Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
✅ Gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 mln AQSH dollariga kam.
✅ 2022- yilning 9 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
— Qirg‘iz R. – 15,6 mln.
— Ozarbayjon – 3,6 mln.
— Afg‘oniston – 2,6 mln.
— Rossiya – 2,5 mln.
— Qozog‘iston – 1,1 mln.
— Tojikiston – 401 ming AQSH dollari
Matbuot xizmati