Bugun, 4- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-798, 28.10.2022 y.) bilan xodimlarni tanishtirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda hududiy boshqarma rahbariyati, tarmoq va hududiy bo‘limlarning boshliqlari (masofadan) ishtirok etishdi.
Hududiy boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov mazkur Kodeksning asosiy vazifalari xususida gapirib o‘tar ekan, undagi asosiy o‘zgarishlar va mehnat qonunchiligiga kiritilayotgan yangiliklarga alohida to‘xtaldi.
Ta’kidlandiki, 2 qism, 7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat ushbu Kodeksda xodimlar mehnat huquqlari va erkinlarining kafolatlanishiga asosiy e’tibor qaratilgan.
Axborot xizmat