03/11/2022

2022-  yilning  3- noyabr  kuni Urganch shahridagi   “Ma’rifat”  mahalla fuqarolar yig‘inida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining  “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka targ‘ib  etish chora-tadbirlari doirasida seminar tashkil etildi.

Unda mahalla faollari  va fuqarolar ishtirok etishdi.

Aholini  qabul qilinayotgan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirishda katta ahamiyatga egaligini e’tiborga olgan holda, targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.      

 

Axborot xizmati