02/11/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning oktabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,2 % ga oshgan.

 Yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 12,2 % ga etdi.

 2022- yilning oktabr oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,5 foizga oshdi.

 Shu davrda oziq-ovqat mahsulotlari 1,4 % ga va nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,9 % ga oshgan.

 

 

Matbuot xizmati