02/11/2022

Xorazm viloyatida  2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik biznes  subyektlari  tomonidan xorijga qiymati 115,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksport qilindi.

Bu ko‘rsatkich viloyat  umumiy eksport hajmining  57,8 %ini tashkil etgan (2021- yilda – 53,2%).

 Eksport hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan  30,6 %ga ko‘paygan.

 

 

Axborot xizmati