Xorazm viloyatida 2022- yilning yanvar- sentabr oylarida 1,5 mingta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.
Har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etgan hamda 2021- yilning shu davriga nisbatan 0,2 promillega oshganligi kuzatilgan.
Hisobot davrida nikohdan ajrashganlarning farzandlar soni bo‘yicha taqsimlanishi:
farzandsiz nikohdan ajrashganlar - 26,4 %,
bitta farzand bilan ajrashganlar - 45,1 %
ikki va undan ortiq farzand bilan ajrashganlar - 28,5 % .
Axborot xizmati