Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning oktabr oyida uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari sentyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 16,1 % ga oshgan.
Bunda eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida 51,6 % qayd etilgan bo‘lsa, eng past o‘sish 1 % bilan Xorazm viloyatida kuzatilgan.
Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 20,9 % ga oshgani kuzatilgan.
Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 24,2 % ga oshgan.
Matbuot xizmati