Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,3 ming tonna olma eksport qilgan.
Olma eksporti 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 12,6 ming tonna
Rossiya – 4,1 ming tonna
Qirg‘iz R. – 1,4 ming tonna
Turkmaniston – 163 tonna
2022- yilning 9 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:
Farg‘ona viloyati – 4,8 ming tonna
Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna
Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna
Matbuot xizmati