01/11/2022

Xorazm viloyatida  shu yilning 9 oyida viloyatimizda yetishtirilgan  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 73,6 %i– dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, 22,9 %i– fermer xo‘jaliklari, 3,5 %i– qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot uchun: hududlar kesimida  fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning eng yuqori ko‘rsatkichi Yangibozor (jami mahsulotning 33,3 %) va Xonqa (31,0%) tumanlarida qayd etilgan.

 Axborot xizmati