Joriy yilning 1- oktabr holatiga viloyat bo‘yicha 1 kv.km. yer maydoniga 322 kishi to‘g‘ri kelgan.
Shahar va tumanlar kesimida aholi zichligining yuqori ko‘rsatkichi Urganch shahrida qayd etilib, 5 143 kishini tashkil qilgan.
Aholi zichligi viloyat ko‘rsatkichidan kam bo‘lgan hududlar sifatida Yangiariq (233 kishi) va Yangibozor (264 kishi) tumanlari qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida: 2022- yilning 1- oktabr holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 79,8 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.
Axborot xizmati