Bugun, 28- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14- oktabrdagi 595-sonli “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining asosiy mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Seminarda mazkur qaror va unga ilova sifatida ishlab chiqilgan Namunaviy qoidalar yuzasidan boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yig‘ilganlarga axborot berib o‘tdi.
Ta’kidlandiki, 11 ta bobdan tashkil topgan “ Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalari”da kasbiy madaniyat, xizmat faoliyati va xizmatdan tashqari vaqtda fuqarolik xizmatchisining odob-axloqi kabi muhim tartiblar belgilab berilgan.
Axborot xizmati