Bugun, 21- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida har haftaning juma kunlari o‘tkazib kelinayotgan “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasidagi navbatdagi tadbir tashkil etildi.
Tadbirda hududiy boshqarma rahbariyati, tarmoq va hududiy bo‘limlarning boshliqlari ishtirok etishdi.
2022- yil 13- oktabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘RQ-793- sonli qonuni hamda 2022- yil 7- oktabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 582-sonli Qarorining maqsadi, vazifalari va mazmuni tanishtirildi.
Axborot xizmati