21/10/2022

2022-  yilning 20- oktabr kuni Urganch shahridagi   Al-Xorazmiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan navbatdagi targ‘ibot seminari tashkil etildi.

Mazkur seminar 2021- yilning 11- avgustida qabul qilingan  O‘zbekiston Respublikasining  “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka targ‘ib  etish chora-tadbirlari doirasida tashkil etildi.

Aholini  qabul qilinayotgan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirishda katta ahamiyatga egaligini e’tiborga olgan holda, targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.      

 

Axborot xizmati