Xorazm viloyatida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 8 978,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 12,9 %ga oshgan.
Umumiy hajmning tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 701,5 mlrd so‘mni (168,9 %ga oshgan), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 7 276,7 mlrd so‘mni (4,7 %ga oshgan), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 428,2 mlrd so‘mni (2,1 %ga oshgan) tashkil etgan.
Axborot xizmati