Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,8 mln kishini tashkil etmoqda.
Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 61,1 ming kishiga ko‘paygan.
2022- yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda.
O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda.
Matbuot xizmati