17/10/2022

2022- yilning 1- oktabr holatiga viloyatda  davlat ro‘yxatidan o‘tgan  195 ta xorijiy kapital ishtirokida korxona va tashkilotlarning  186 tasi yoki 95,4% faoliyat ko‘rsatgan.

2021- yilning shu davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni  7 taga yoki 3,6 %ga kamaygan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda chet el sarmoyasi qatnashgan 14 ta  yangi korxona tashkil etilgan.

Davlatlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxona Turkiya (26,7 %) va Rossiya Federatsiyasi ( 24,1 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati