Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha 34 464 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har 1000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
Xorazm viloyatida nikohdan ajralishlar soni 1511 tani tashkil qilgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahri (4433 ta) va Farg‘ona viloyatida (3979 ta) qayd etilgan bo‘lsa, har 1000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri (2 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.
Axborot xizmati