06/10/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

Xorazm viloyati bo‘yicha ushbu tadbirga  jalb qilingan 366 nafar registrator xodimlar tuman va shaharlar kesimida aholining turar va noturar joylari roʻyxatini shakllantirib, mavjud xaritalarning haqiqiy holatga mosligini oʻrganib chiqdilar.

Bugungi kunda o‘rganilgan mahalla xaritalari hududiy  kadastr boʻlimlari tomonidan qayta ishlanmoqda.

 

Axborot xizmati