06/10/2022

2022-   yilning  yanvar-avgust oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlardan eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari (132,3 mln AQSH dollari) va mashinalar va transport asbob-uskunalarini (131,8 mln dollar) import qilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari import 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 18,5 %ga oshgan va jami import hajmining 38,6 %ni tashkil qilgan.

Mashinalar va transport uskunalarining jami import hajmidagi ulushi esa 38,5 %ni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 191,2 %ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati