Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
Gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln AQSH dollariga kam.
2022- yilning 8 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
— Qirg‘iz R. – 12,7 mln.
— Ozarbayjon – 3 mln.
— Afg‘oniston – 2,2 mln.
— Rossiya – 2,2 mln.
— Qozog‘iston – 843 ming
— AQSH – 358 ming
— Tojikiston – 305 ming AQSH dollari
Matbuot xizmati