03/10/2022

2022- yilning  30- sentabr sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi qabul qilingan “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistik salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli hamda 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-sonli qarorlarining ahamiyati tushuntirildi.

Statistika sohasiga bevosita daxldor ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ularni bajarish yuzasidan  soha xodimlari zimmasiga yuklatiladigan vazifalar xususida hududiy boshqarmaning bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

 

                                                                                                          Axborot xizmati