30/09/2022

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-avgust oylarida 718,1 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilish ishlari bajarilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 162,2 %ni tashkil qilgan.

 Umumiy qurilish ishlari hajmida mazkur qurilishlarning ulushi 26,1 %ga teng bo‘lgan.

Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda bajarilgan fuqarolik obyektlari qurilishi hajmi 442,8 mlrd so‘mni, ulushi 19,1 %ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati