Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov viloyatning barcha hududlariga chiqib, idora va tashkilotlarda statistika sohasiga oid yangiliklar, xususan, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida seminar tashkil etib kelmoqda.
2022- yilning 28- sentabr kuni ana shunday navbatdagi tadbir Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, bugun 29- sentabr kuni viloyatning Yangibozor, Gurlan va Shovot tumanlarida o‘tkazilgan seminarlarda statistika tizimi xodimlariga tizimga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etishlari, ish jarayonida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, statistika xodimining kasb etikasi qoidalariga muvofiq ish olib borishning ahamiyati tushuntirildi.
Statistik ma’lumotlardan foydalanishda “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda faoliyat ko‘rsatishning muhimligi xodimlarga alohida uqtirildi.
Axborot xizmati