29/09/2022

Joriy yilning 29- sentabr kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi  Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat xalq ta’limi  hamda maktabgacha ta’lim boshqarmalari bilan hamkorlikda  mehnat statistikasiga oid Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartib-qoidalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda  umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining  mas’ullariga  eStat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda  4-Mehnat choraklik Davlat statistika hisobotini muddatidan kechiktirmasdan, xato va kamchiliklarsiz taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga  statistika boshqarmasi  Demografiya va mehnat statistikasi  bo‘limi boshlig‘i Z.Bobojonov va o‘rinbosari N.Sultonmuratovalar tomonidan atroflicha javob berildi.

 

 

                                                                                           Axborot xizmati