Joriy yilning 23- sentabr sanasida viloyat statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashamiz!” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati rahbari Z.Abduhamidov ishtirok etib, seminar qatnashchilariga ish faoliyati davomida har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bu bo‘yicha hududiy boshqarmada ichki nazoratni kuchaytirishning muhimligi masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Mamlakatimizda sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini barcha xodimlarga yetkazish bo‘yicha boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonovga tuman va shahar statistika bo‘limlarida ham seminarlar tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati