26/09/2022

2022-  yilning 23- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  Davlat statistika qo‘mitasining  tomonidan sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda “Hududiy statistika organlari faoliyatini tashkil etish masalalarini kompleks o‘rganish” bo‘yicha shu yilning 19-23- sentabr kunlari  viloyatimizda olib borilgan tekshirish natijalari Qo‘mitaning ishchi guruhi a’zolari, hududiy boshqarma mas’ullari, tarmoq bo‘limlar va tuman (shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirokida muhokama etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisining  Iqtisodiy statistika bo‘yicha  o‘rinbosari A.A. Ikramov boshchiligida tashkil etilgan yig‘ilishda ishchi guruhi rahbari, Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i A. Yu.Mirzahidov  hududiy boshqarma va uning bo‘limlari faoliyatiga baho berish barobarida, o‘rganish jarayonida  aniqlangan kamchiliklarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar ham berib borildi.

Davlat statistika qo'mitasi raisining o'rinbosari A.Ikramov tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar haqida to'xtalib o'tib, bugunning talabi ochiqlik va shaffoflik asosida faoliyat ko'rsatish ekanligiga e'tibor qaratdi.

Faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan  hududiy boshqarmaning  tarmoq bo‘limlari hamda viloyatning Qo‘shko‘pir, Yangibozor, Bog‘ot va Gurlan tumani statistika bo‘limi mas’ullarini rag‘batlantirish takliflari bildirildi.

Yig‘ilish yakunida  bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida  keyingi faoliyatni tashkil etishga doir Yo‘l xaritasini ishlab chiqish belgilandi.

 

                                                                                                     Axborot xizmati