13/09/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 48 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,6 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 6,1 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.

 Baliq va dengiz mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.

 2022- yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p ?baliq va dengiz mahsulotlarini  import qilgan davlatlar:

 Rossiya – 2,9 ming tonna

 Vetnam – 905 tonna

 Latviya – 822 tonna

 Qozog‘iston – 435 tonna

 Norvegiya – 327 tonna

 Litva – 322 tonna

 Xitoy – 41,4 tonna

 Turkiya – 35 tonna

 

 

Matbuot xizmati