09/09/2022

Hazorasp tumanida 2022- yilning yanvar-iyul oylarida   148,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 %ga oshgan.

Jami  xizmatlar hajmida eng yuqori ulush savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 30,2 %ni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga o‘rtacha xizmatlar hajmi – 2 086,1 ming so‘m.

Viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi – 7,4 %.

 

Axborot xizmati