08/09/2022

2022- yilning yanvar-iyul oylarida   Urganch shahrining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo  tovar aylanmasi hajmi 81,8 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Shundan, eksport hajmi 16,6 mln dollarga, import- 65,2 mln dollarga teng bo‘lgan.

Eksport tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi 44,8 %ni, xizmatlarning ulushi 24,8 %ni tashkil etgan.

Import hajmida mashina va transport asbob-uskunalari (60,1%) va nooziq-ovqat mahsulotlari (18,3 %)ning ulushi yuqori bo‘lgan.

 

Axborot xizmati