Xorazm viloyati joriy yilning 7 oyida Qozog‘iston bilan hajmi 29,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tashqi savdo aylanmasini amalga oshirgan.
Bu ko‘rsatkich viloyat umumiy TSAsi (437,4 mln dollar)ning 6,7 %ni tashkil qilgan. Qozog‘istonga mahsulot eksport hajmi 27,2 mln dollarga, import hajmi 2,2 mln dollarga teng bo‘lgan.
Hisobot davrida viloyatdan xorijga eksport qilingan meva va sabzavot mahsulotlarining 47,5 % Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati