2022- yilning 1- avgust holatiga viloyatda axborot va aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 364 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,9 %ga oshgan.
2021- yilning 1- avgust davri bilan solishtirilganda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlari soni 32,7 %ga, oilaviy korxonalar 28,6 %ga ko‘paygan.
Hisobot davrida xususiy korxonalarning 7,0 %ga yoki 8 taga kamayishi kuzatilgan.
Axborot xizmati