Xorazm viloyati bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 2021- yilda 1 992 tani tashkil etgan (2020- yilning mos davriga nisbatan 182 taga kamaygan) va jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar hajmidagi ulushi 11,9 %ga teng bo‘lgan.
Ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar uchligidan Urganch shahri (480 ta), Yangibozor (209 ta), Urganch tumanlari (186 ta) joy olgan.
Axborot xizmati