Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 30- avgust kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari R.Kamalov, A.Atayevlar, Urganch tumani adliya bo‘limi bo‘lim boshlig‘i J.Otajonov va mutaxassisi S.Yaqubovlar ishtirok etishdi.
Seminarda ishtirokchilar iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizda turli xildagi salbiy holatlarga sabab bo‘layotgan korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishda har birimiz bilishimiz kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdilar va hududiy boshqarma xodimlarining mavzuga doir savollariga batafsil javob berdilar.
Axborot xizmati