29/08/2022

     Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-iyul oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi  1 031,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 5,6 %ga o‘sgan.

     O‘tkazilgan bozor kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 472,3 mlrd so‘mni (o‘zgarish sur’ati 99,6 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 559,2 mlrd so‘mni (o‘zgarish sur’ati 111,3 %)  tashkil etgan.

 Axborot xizmati