Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 9,3 mln AQSH dollariga 53,2 ming tonna sabzi eksport qilgan.
Sabzi eksporti hajmi 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,9 ming tonnaga ko‘p.
O‘zbekiston sabzi mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qirg‘iz R. – 23,5 ming tonna
Qozog‘iston – 22,6 ming tonna
Rossiya – 6 ming tonna
2022- yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p sabzi eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 18,2 ming tonna
Farg‘ona viloyati – 7,8 ming tonna
Xorazm viloyati – 4,1 ming tonna
Matbuot xizmati