24/08/2022

        Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 26,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

  Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan.

  2022- yilning 7 oyida O‘zbekiston eng  ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

  Qozog‘iston – 47 ming tonna

  Rossiya – 23,4 ming tonna

  Qirg‘iz R. – 14,4 ming tonna

  Tojikiston – 9,3 ming tonna

  Belarus – 1,9 ming tonna

  Matbuot xizmati