Avval xabar berganimizdek, joriy yilning avgust oyida respublikamizning barcha hududlarida uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlikning muhim va ahamiyatli bosqichi sanalgan ushbu tadbirni sifatli va o‘z vaqtida tashkil etishga viloyatimizda ham katta e’tibor qaratilgan. Mavjud 13 ta shahar va tumanlardagi aholi yashash punktlarida jarayonga jalb etilgan uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi 366 nafar registrator ayni kunlarda belgilangan ishlarni yakuniga etkazish bilan bir qatorda, xatlovdan o‘tkazilgan mahallalarning kartografik chizmalariga kiritilgan o‘zgarishlar hamda uy xo‘jaliklarida yashovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirib bormoqdalar.
Axborot xizmati